Boks/MMA

Xabar berganimizdek, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do’smatov professional boksdagi to’rtinchi jangini o’tkazishi kerak edi.

220

Do’smatov 28 avgust kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga ko’tarilishi va u shu kuni tanzaniyalik 23 yoshli bokschi Yoxana Mchanjaga qarshi jang o’tkazishi lozim edi. Ammo, kutilmaganda ushbu jang bekor qilindi. 

Malumot uchun, afrikalik charm qo’lqop ustasi faoliyati davomida 15 ta jang o’tkazgan. Hisobida 12 g’alaba va 3 mag’lubiyat bor. Raqiblarini 10 ta jangda muddatidan avval mag’lubiyatga uchratgan. Hozircha Do’smatov – Mchanja jangining nima sababdan bekor bo’lgani malum emas. 

Bu Hasanboy uchun prof faoliyatidagi to’rtinchi jang bo’lar edi. U oxirgi jangini 3 aprel kuni “Humo Arena”da Muxsin Kizotaga qarshi o’tkazib, g’alabaga erishgandi. O’shanda 10 raundga mo’ljallangan jang vakant bo’lib turgan WBA International kamari uchun kechgan va unda charm qo’lqop ustamiz raqibini uchinchi raundda nokautga uchratgan edi.   

SHuningdek, 28 avgust kungi boks kechasida o’zbekistonlik bokschilardan Bahromjon Fozilov, Mirzakamol Nematov, Eldor Abduqodirov va Husan Yo’ldoshev ham o’z janglarini o’tkazishadi. Yo’ldoshev rossiyalik Murad Dalxaevga, Nematov armanistonlik Manuk Dilanyanga, Fozilov ukrainalik Dmitro Bogdanovga qarshi rigga chiqadi. Birgina Abduqodirovning hozircha raqibi malum emas.   

Fikr bildirish