Ushbu strategiya doirasida 5-6 dekabr kunlari Toshkentda katta seminar tashkil etiladi. Ushbu seminarda instruktor sifatida ishlaydigan tajribali mutaxassislar Endryu Koulfild va Igor Bileckiy yurtimizga keldi. Bugun ular O’zbekiston boks federaciyasida bo’lib, yurtimizda hakamlik faoliyatini rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi.
Qayd etish lozimki, ushbu strategiya xorijiy mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi. AIBAning ikki tajribali instruktori o’zbek hakamlari uchun seminarda dars o’tadi. SHuningdek, 8-14 dekabr kuni kattalar o’rtasida o’tkaziladigan O’zbekiston chempionatida ishlaydigan hakamlarimizning faoliyati bo’yicha tegishli hulosalarni beradi.