Londondagi “Uembli” stadionida kechadigan final uchrashuvida Italiya va Angliya terma jamoalari maydonda saf tortishadi. Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov final haqida fikr bildirdi va o’z taxminlarini aytdi.
“Angliya so’nggi bor 1966 yilda sovrin yutgan. O’shanda inglizlar jahon chempioni bo’lishgan edi. O’shandan beri ular hech narsa yutishmadi. Bugunga kelib shakllangan yosh jamoaning potenciali yuqori. Sterling, Keyn, Maunt, Fillips, Uoker, Pikford Angliyaning asosiy kuchi. Boz ustiga inglizlar o’z maydonida o’ynaydi.
Italiya terma jamoasi haqida ham iliq fikr bildira olaman. Ularda g’alaba uchun imkoniyat yuqoriroqdek ko’rinmoqda. Tajribali futbolchilar jam bo’lgan: Bonuchchi, Kellini, Immobile. Lekin Angliya tezlik hisobiga g’alaba qozonsa kerak deb o’ylayman. O’ylashimcha, finalda mezbonlar zafar quchishadi. Ularga bunga munosib”, — dedi Nurmagomedov.