Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni bir uyum axlat deb atadi. Bu haqda «Abcnews» xabar berdi.
Yengil vazni toifasidagi sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Konorning oxirgi jangida olgan oyog‘idagi jarohati tufayli faoliyatini yakunlaydi deb hisoblamoqda. «Pul va shon-shuhrat aslida kim ekanligingni ko‘rsatadi. Odamlarda esa ular seni o‘zgartiradi degan fikr bor, aslida unday emas. Konor nima qildi? U yoshi katta kishini urgandi. Hamma buni ko‘rdi va tushundi. Dastin Porye aytganidek, ‘u bir uyum axlat’, xolos.
Poryega qarshi janglardan so‘ng Konor hech qachon avvalgidek oyoqlarida zarba bera olmaydi. Uning yana cho‘qqiga qaytishiga ishonmayman.
Konor ayni damda uncha keksa emas. Biroq bosh va oyoqlari bilan yuz bergan hodisalardan so‘ng barchasi tugadi deb aytish mumkin. Shunga qaramay, u UFC uchun juda foydali», — deydi Habib.