Tennis

Xanchjou-2022, Parij-2024: Denis Istominni tarkibda yana ko’ramizmi?

8

Ana shunday uchrashuvlardan biri O’zbekiston tennis federaciyasi bilan o’tkazildi. Uchrashuvni MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov olib bordi. Unda, shuningdek, O’zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi Iroda To’laganova, terma jamoa murabbiylari va Qo’mitaning mutasaddi vakillari ishtirok etishdi.

SHubhasiz, ko’pchilikni yangi Olimpiada ciklida ham Denis Istominning ishtirok etishi haqidagi savol qiziqtirgan. 

Bu borada Iroda To’laganova shunday izoh berdi:

“Hozirda terma jamoamiz vakillaridan faqat 4 nafar tennischi: Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev va Sergey Fomin ATR va CHellenjer tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok eta oladi. Aynan ushbu musobaqalar orqali Olimpiadaga yo’llanma beruvchi reyting o’rniga kirish mumkin. Ularning ortidan kelayotgan bir qator umidli yoshlarimiz bor, ammo ularning yuqori darajaga chiqishi uchun vaqt kerak”.

Xanchjou-2022, Parij-2024: Denis Istominni tarkibda yana ko'ramizmi?

Fikr bildirish