Futbol

Xavi: “Bu xabar noto‘g‘ri”

139

Xavi “As-Sadd” futbolchilarining transferini rad etdi. Avvalroq, hujumchi Bog‘dod Buneja transferiga tayyorgarlik haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Xavi hujumchini hurmat qiladi, ammo “Barselona” mazkur xaridni amalga oshirmaydi.   

“Biz Buneja bilan shartnoma imzolayapmizmi? U noodatiy va yuqori saviyali futbolchi, ammo bizda Bog‘dodga qiziqish bo‘lgani yo‘q. Bu xabar qayerdan kelganini ham bilmayman. Men “As-Sadd” futbolchilariga Kataloniyaga olib kelishni xohlamayman”, – dedi Xavi.

Ayni damda “Barselona”da hujumda jiddiy muammolar bor. Aguero faoliyatini yakunlash xavfi bor, Breytveyt jarohat olgan, De Yong esa murabbiyning konsepsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi.

Fikr bildirish