Dortmundning «Borussiya» klubi futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktori Sebastyan Kel «Asalarilar» hujumchisi Erling Xoland va «Barselona» bosh murabbiyi Xavi o‘rtasidagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, klub norvegiyalikning jarohatidan tiklanishini optimallashtirish uchun ispaniyalik murabbiy bilan maslahatlashmoqchi bo‘lgan.
Joriy mavsumda Xoland «Borussiya Dortmund» Bundesliga doirasidagi 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Norvegiya terma jamoasi futbolchisi oxirgi marta shu yilning 22 yanvar kuni «Xoffenxaym»ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, gol urgandi. O‘shandan beri Xoland jarohatini tuzatmoqda.