Futbol

Xedira — Ronaldu haqida: «U xudbin edi»

371

«Real» va «Yuventus» klublarining sobiq yarim himoyachisi Sami Xedira «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

«Men ikki xil Ronalduni uchratganman», – deydi Xedira AS nashriga. – «Real Madrid»da u biroz yoshroq, emosionalroq va xudbin edi. Bu yomon emas, lekin Ronaldu o‘zini tartibga solish kerak edi. Ronaldu ko‘p gol urdi va aql bovar qilmas natijalar qayd etdi, lekin jamoaga unchalik katta ta’sir o‘tkaza olmadi. Krishtianu bilan ikkinchi uchrashuvim «Yuventus»da bo‘ldi. U jamoaga keldi, o‘shanda ham xuddi shunday xudbinlik bor edi, u gol urishni xohlardi».

Sobiq yarim himoyachining so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu har doim jamoadoshlarini haqorat qilgan va sovrinlar uchun ularning yordami kerakligini aytar edi.

«Real»da Ronaldu doim jamoaning bir qismi bo‘lgan, ammo «Yuventus»da… Krishtianu bor e’tiborini doimo o‘yinga qaratgan, lekin farzandli bo‘lgach, bo‘shashib qolgandi. U shunday raqobatbardosh ruhga ega… Mashg‘ulotlarda hamma uni mag‘lub etishni xohlardi va hamma unga g‘alaba qozonishda yordam berishni xohlardi», — dedi Xedira.

Eslatib o‘tamiz, Xedira Ronaldu bilan «Real» va «Yuventus»da o‘ynagan.

Fikr bildirish