Futbol

Xoland uchun asosiy da’vogar klub nomi ma’lum bo‘ldi

385

«Manchester Siti» Xoland uchun kurashda favoritga aylandi. Bunga asosiy sabab norvegiyalik futbolchining o‘zi Angliya chempionatida o‘ynashni xohlayotgani bo‘lgan. Avvalroq «Manchester Siti» Xarri Keynni sotib olish borasidagi fikridan qaytgani va bor e’tiborini Xolandga qaratish niyatida ekanligi haqida xabar berilgan edik. El Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Xoland ham «shaharliklar» safida o‘ynashga qarshi emas.  Norvegiyalikning tovon puli miqdori 75 million yevroni tashkil qiladi. Manbaga ko‘ra, Xoland yakuniy qarorini mart oyida qabul qiladi.

Joriy mavsumda norvegiyalik hujumchi Dortmundning «Borussiya» klubi safida Bundesliganing o‘n to‘rtta o‘yinida maydonga tushdi va o‘n oltita gol urdi.

Fikr bildirish