Boks/MMA

Yakshanba tongida Xyustonda o’tgan UFC 265 turnirida qatorasiga to’rtinchi muddatidan avval qozonilgan g’alabasini tantana qilgan Visente Luke divizion chempionini oktagonga chorladi.

181

Yarimo’rta vazn toifasida nigeriyalik Kamaru Usman chempionlik kamari sohibi bo’lib turibdi.

“Leon Edvardsdan oldin chempionlik jangida oktagonga chiqishga loyiqmanmi yoki yo’q, ochig’i, buni bilmayman. Lekin shunisi aniqki, ayni paytda yarimo’rta vaznda muxlislarbop jang namoyish etayotganlar orasida yaqqol ajralib turibman. Men har bir jangimni muddatidan avval yakunlayapman. Ammo, hali chempion bilan jang qilmagan TOP-5dagi yagona jangchi ham aynan menman. Nimalarga qodir ekanimni isbotlab ulgurdim, deb o’ylayman. Oldinda Kamaru Usmanni Kolbi Kovingtonga qarshi jang kutmoqda. Ishonchim komil, u bu jangda g’alaba qozonadi. Keyingi raqib esa men bo’lishim kerak”, – dedi Luke.  

Eslatib o’tamiz, Visente Luke o’tgan kuni Maykl Kesani birinchi raundning o’zida mag’lubiyatga uchratgan edi. Kamaru Usman – Kolbi Kovington jangi esa 6 noyabr kuni Nyu-Yorkda o’tkaziladigan UFC 268 turniri doirasida bo’lib o’tadi.

Fikr bildirish