Bosh sahifaBoks/MMAYarimo’rta vaznda UFC jangchisi Kolbi Kovington Xorxe Masvidal ustidan qozongan g’alabasini tahlil qilar ekan kelajakdagi rejalari haqida ham gapirdi.
“Xorxe Masvidalni ko’rdingiz. SHartnoma imzolashining sababi bor edi. U meni mag’lub etolmasligini bilardi. Butun faoliyati davomida bugungidek jang qilganida ham, baribir meni enga olmasdi.
Bu mening eng yomon janglarimdan biri bo’ldi, lekin shunga qaramay, qiyinchilikka duch kelmadim. Men ularni har seshanba va payshanba kunlari American Trash Team`da bir kechada mag’lub etishim mumkin edi.
SHunday ekan, menga olib keling. U ijtimoiy tarmoqlarda juda ko’p o’ylamasdan gapiradi. Agar men vada bersam, uni bajaraman.
Albatta, men Usman bilan uchinchi jangni xohlayman. U bilan tugallanmagan ishimiz bor. “Madison Square Garden” arenasida o’tkazilgan revansh jangida uchinchi raunddan beshinchi raundgacha g’alaba qozonganimni muxlislarim bilishadi.
Ammo, u qo’lidagi jarrohlik amaliyoti tufayli tanaffusda, shuning uchun men Dastin Pore bilan bog’lanishga qarshi emasman. U hozir mendan og’irroq, u hali vazn tashlashi kerak. Men vazn tashlamayman, chunki men dunyoda eng zo’ri ekanligimni bilaman”, – dedi Kovington.