«Manchester Siti» va «Everton» Ukrainani qo‘llab-quvvatladilar.
Angliya chempionatining 27-turi o‘yini oldidan «Manchester Siti» futbolchilari «Urush yo‘q» yozuvi va Ukraina bayrog‘i tasviri tushirilgan futbolkalarda maydonga tushishdi. “Everton” futbolchilari esa yelkalarida Ukraina bayroqlari bilan maydonga chiqib kelishdi.
Ukrainalik futbolchilar – «shaharliklar» himoyachisi Aleksandr Zinchenko va «Everton» himoyachisi Vitaliy Mikolenko zaxirada qolishdi. “Manchester Siti” himoyachisi Aleksandr Zinchenko ko‘z yoshlarini tiya olmadi.