Tennis

Karen Xachanov Barselonani tark etdi

322

Dunyoning 23-raketkasi bo’lib turgan Karen Xachanov ilk davradayoq mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. Rossiyalik tennischi birinchi davra uchrashuvida reytingning 58-pog’onasidan joy olib turgan britaniyalik Kemeron Norriga 4/6, 6/3, 3/6 hisoblarida yutqazib qo’ydi. 

Bir soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda 24 yoshli Xachanov 5 ta, 25 yashar Norri esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 1:1. Endi Kemeron Barcelona Open Banc Sabadell turnirining ikkinchi davrasida belgiyalik David Goffinga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish