Tennis

Arina Sobolenko SHtutgartda muvaffaqiyatli start oldi

44

Dunyoning ettinchi raketkasi bo’lib turgan Arina Sobolenko musobaqadagi ishtirokini g’alaba bilan boshladi. Belaruslik tennis malikasi 66 daqiqa davom etgan uchrashuvda reytingning 40-pog’onasidan joy olgan xitoylik CHjan SHuayni 6/2, 6/2 hisoblarida mag’lub etdi. 

Bahs davomida 22 yoshli Sobolenko 3 ta, 32 yashar SHuay esa 1 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 1:1. Arina Porsche Tennis Grand Prix turnirining ikkinchi davrasida germaniyalik Anna-Lena Fridzamga qarshi kortga chiqadi. Fridzam birinchi bosqichda norvegiyalik Ulrikke Eykeridan ustun keldi – 6/2, 6/0.

Fikr bildirish