Sayyoramizning ettinchi raketkasi bo’lib turgan Arina uchinchi davra uchrashuvida reytingning 33-pog’onasidan joy olgan amerikalik Jessika Peguladan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi – 6/1, 6/2. Bor yo’g’i 54 daqiqa davom etgan bahsda 23 yoshli Sobolenko 8 ta, 27 yoshli Pegula esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi.
Ushbu g’alabadan so’ng belaruslik tennischi o’zaro uchrashuvlar hisobida oldinga chiqib oldi – 2:1. Uning 1/4 finaldagi raqibasi ruminiyalik Simona Xalepdan ustun keldi belgiyalik Elize Mertens bo’ladi.