Tennis

Simona Xalepda kutilmagan mag’lubiyat

122

Sayyoramizning uchinchi raqamli tennis malikasi Simona Xalep kutilmaganda uchinchi davra uchrashuvida mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. Ruminiyalik tennischi WTA reytingida 16-pog’onadan joy olgan belgiyalik Elize Mertensga imkoniyatni boy berdi – 6/4, 5/7, 5/7. 

Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda 29 yoshli Xalep 7 ta breykni amalga oshirdi va to’pni o’yinga kiritishda 10 marotaba xatoga yo’l qo’ydi. 25 yoshli Mertens esa 3 ta eys zarba va 8 ta breykni amalga oshirib, 9 ta qo’shxato qayj etdi. Elize o’zaro uchrashuvlardagi hisobni biroz qisqartirdi – 2:4. 

Fikr bildirish