Boks/MMA

Nevada shtati sport komissiyasi xabariga ko’ra, gruziyalik UFC jangchisi Zviad Lazishvilida doping aniqlangan.

204

Gruziyalik jangchi doping testdan o’ta olmadi. 30 yoshli Lazishvilining 23 oktyabr kuni Jonatan Martines bilan bo’lgan jangi oldidan olingan doping tahlilida taqiqlangan klomifen moddasi aniqlandi. Natijada gruziyalik jangchiga texnik mag’lubiyat yozildi.

Lazishviliga esa bu qimmatga tushdi. Gruziyalik  to’qqiz oy diskvalifikaciya hamda 12-18 ming dollar atrofida jarimaga tortildi. U 24 iyuldan boshlab yana jang qila olishi mumkin. 

Eslatib o’tamiz, Lazishvili Martinesga qarshi texnik mag’lubiyatiga qadar 13 ta g’alabali seriya qayd etgan edi. Bu uning professional faoliyatidagi ilk mag’lubiyati bo’ldi. 

Fikr bildirish