Tennis

Australian Open. Elina Svitolina Azarenkoga yutqazib qo’ydi

17

Ayollar o’rtasidagi bahslarda dunyoning 17-raketkasi Elina Svitolina musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi. Ukrainalik tennis malikasi Australian Open turnirining uchinchi davrasida WTA reytingida 25-pog’onadan joy olgan belaruslik Viktoriya Azarenkoga imkoniyatni boy berib qo’ydi – 0/6, 2/6.

Oltish sakkiz daqiqa davom etgan uchrashuvda Elina 1 ta, Viktoriya esa 4 ta eys zarbani ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida Azarenko Svitolinaga noqulay raqiba bo’lib qolmoqda – 5:0. Endi u to’rtinchi bosqichda chexiyalik Barbora Kreychikovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish