Hozirgina hal qiluvchi final uchrashuvi nihoyasiga etdi va unda Kanada terma jamoasi amaldagi chempion AQSHni 3:2 (2:0, 1:1, 0:1) hisobida mag’lub etib, 24-Qishki Olimpiada chempioniga aylandi.
Kanadaliklar tarkibida Mari-Filip Pulen dubl muallifiga aylandi. Yana bir shayba Sara Nurs hisobiga yozildi. AQSH tarkibida kiritilgan gollarga Xilari Nayt va Amanda Kessel mualliflik qilishdi.
Takidlash joiz, Mari-Filip Pulen 4 ta Olimpiada finalida darvozaga shayba kiritgan tarixdagi birinchi xokkeychiga aylandi. Pulen shuningdek, Kanada terma jamoasining Olimpiada ochilish marosimidagi bayroqdori ham bo’lgandi.