Boks/MMA

Aleksandr Usik otasi bilan munosabati va uning o’limi haqida gapirdi.

78

«Otam juda qattiqo’l edi. Buning uchun undan minnatdorman. Qizim tug’ilganidagina otamni tushuna boshladim. U o’sha vaqtlarda betob edi. Avvalari hech qachon uni tushunmaganman. Bu mumkin emas, u mumkin emas, buni o’qi, uyda o’tir. Men allaqachon 11 sinfdaman va soat 11 da uyda bo’lishim shart. Bularni hech birini tushunmaganman. Har kuni shu vaqtda uyda bo’lardim. CHunki uyda meni jazo kutardi. Ha, otam meni urardi. Bunda uni ayblamayman. Balki men bilan boshqachasiga muomala qilib bo’lmagandir. Men esa qulog’imni teshish, tatuirovka qilish, spirtli ichimliklarni hushlamasamda mast bo’lib kelish kabilar bilan unga jahlimni ko’rsatardim.

Men juda ahmoqona harakterga ega, murosa qilib bo’lmaydigan edim. Biz otamni operaciya qildirdik. Opareaciyadan bir yil o’tgach uning yuragi to’xtadi. U yashab qolishi uchun tibbiyotga yoki boshqa narsalarga nisbatan qatiyatli bo’lmaganimdan afsusdaman. Otamning vafotidan 6 oy o’tgach men uchun juda qiyin bo’ldi. Filmlardagi kabi u bilan gaplashdim. Lekin Yaratganga shukur, to’g’ri ko’rsatmalar bilan yordam berdi. 6 oydan keyin men uni tushimda ko’rdim, u juda xursand, jismonan kuchli edi. 

Aleksandr Usik otasi bilan munosabati va uning o'limi haqida gapirdi.

Albatta, men hamma narsa uchun otamdan minnatdorman. Uning qattiq tartib intizomi tufayli shu erdaman.

Vafotidan avval unga aytishga ulgurmagan gaplarimdan afsuslanamanmi? Kela olmaganimdan afsusdaman. Uning yuragi to’xtab bo’lganidan keyin etib keldim. Qisqa muddatda bu menga juda qattiq zarba berdi», – dedi Aleksandr Masha Efrosininaga bergan intervyusida.

Fikr bildirish