Dunyoning sakkizinchi raketkasi Andrey Rublyov musobaqaning finaliga yo’l oldi. Rossiyalik tennischi 64 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida ATP reytingining 62-pog’onasidan joy olgan italiyalik Fabio Foninini ikki setda ham bir xil hisobda mag’lub etdi – 6/2, 6/2.
Bahs davomida 24 yoshli Rublyov 5 ta eys, 4 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. O’zining to’p uzatishlarida xatoga yo’l qo’ymadi. 34 yoshli Fonini esa 1 ta eys zarbasi bilan kifoyalandi. Beshta qo’shxatoga yo’l qo’ygani holda bitta ham breykni amalga oshira olmadi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 5:5.