Hal qiluvchi final uchrashuvida ikki ispaniyalik tennischilar bosh sovrinni ko’zlab kortga chiqishdi. Dunyoning 11-raketkasi bo’lib turgan Karlos Alkaraz reytingda o’zida 8 pog’ona quyida borayotgan vatandoshi Pablo Karreno-Busta 6/3, 6/2 hisobida mag’lub etdi.
Bu hamyurtlarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Barcelona Open Banc Sabadell turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Alkarazga 500 reyting ochkosi va 467,150 evro keltirdi. Karreno-Busta esa bir haftalik mehnati uchun 300 ball hamda €249,140 ishglab oldi.