Marg’ilon shahrida o’tkazilayotgan musobaqada respublikamizning 14 ta hududidan kelgan akademik licey va professional talim muassasalari o’quvchi-yoshlari ishtirok etmoqda. 2 kun davom etadigan turnirda stol tennisi bo’yicha eng kuchlilar aniqlab olinadi.
Bugun 100 nafardan ortiq yoshlarni birlashtirgan “Barkamol avlod-2022” bellashuvlarida o’g’il bolalar va qizlar bahslarga kirishishdi.
Ertaga o’z yakuniga etadigan turnirda g’olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishadi.