Boks/MMA

Bokschilar 17 dekabr kuni ringda o’zaro uchrashadilar.

8

Yarim og’ir vazn toifasida WBC va IBF yo’nalishlari chempioni Artur Beterbiev navbatdagi jangida WBC kamariga majburiy davogar Markus Braundan himoya qiladi.

Jang rasman tasdiqlangan va u 17 dekabr kuni Kanadaning Monreal shahridagi «Bell Centre»da bo’lib o’tadi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi xabar berdi.

Jang ESPN telekanali orqali namoyish qilinadi va chiptalar 23 oktyabrdan sotuvga chiqariladi.

Fikr bildirish