Futbol

Kecha Osiyo Kubogi-2023 saralashidan oldingi so’nggi pley-off uchrashuvi bo’lib o’tdi.

8



Kecha Osiyo Kubogi-2023 saralashidan oldingi so'nggi pley-off uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Osiyo Kubogi-2023 saralashida qatnashadigan barcha 24ta jamoa nomi malum: O’zbekiston MTJ birinchi o’rinda

Teglar : 
Osiyo Kubogi-2023 O’zbekiston MTJ
Kecha Osiyo Kubogi-2023 saralashidan oldingi so’nggi pley-off uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Kambodja terma jamoasi Guamni 2:1 hisobida mag’lub etdi va ikki o’yin natijasiga ko’ra (3:1) g’alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdi.

Bir kun oldin Indoneziya terma jamoasi Xitoy Taypeini 3:0 hisobida taslim qilgan va umumiy hisobda (5:1) mag’lub etgandi.

SHunday qilib, Osiyo Kubogi saralashida qatnashadigan barcha 24ta jamoa nomi malum bo’ldi.

OFK hozircha saralash bahslariga qachon qura tashlanishi borasida malumot bergani yo’q. Jamoalar qura tashlash vaqtida FIFA reytingiga qarab 4ta savatchaga bo’linadi. Ayni paytda O’zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida mana shu 24ta jamoa orasida eng yuqorida turibdi va birinchi savatchadan joy olgan:

O’zbekiston – 83
Bahrayn – 90
Iordaniya – 92
Qirg’iziston – 96
Falastin – 100
Hindiston – 106

Tojikiston – 113
Tailand – 117
Filippin – 125
Turkmaniston – 131
Kuvayt – 142
Myanma – 145

Gonkong – 147
Yaman – 151
Afg’oniston – 152
Malayziya – 155
Maldiv orollari – 156
Singapur – 160

Indoneziya – 165
Nepal – 169
Kambodja – 175
Mo’g’uliston – 184
Bangladesh – 187
SHri-Lanka – 205

Fikr bildirish