Xokkey

CHim ustida xokkey terma jamoamiz Jakartaga jo’nab ketdi

116

Ushbu nufuzli sport anjumanida O’zbekiston erkaklar terma jamoasi ham ishtirok etish istagini bildirgan.

Terma jamoamiz azolari kuni kecha Jakarta shahriga etib borishdi. Mamlakatimiz sport delegaciyasi tarkibidan jami 23 kishi o’rin olgan bo’lib, shundan 18 nafarini sportchilar tashkil qiladi.

O’zbekiston sport delegaciyasiga chim ustida xokkey federaciyasi masul xodimi M.Yunusov rahbarlik qilmoqda. Terma jamoamizni esa musobaqaga katta murabbiy Marsel Askarov tayyorlagan.

Osiyo xokkey federaciyasi kubogi uchun o’tayotgan musobaqa vakillarimiz uchun yilning eng asosiy starti – XIX yozgi Osiyo o’yinlari oldidan o’ziga xos ko’rik vazifasini o’tab beradi.

Fikr bildirish