Endi esa tashkilotchilar ushbu shaharda parallel ravishda o’tkaziladigan ayollar o’rtasidagi WTA turniri mukofot jamg’armasini ham ko’tarishdi. 2019 yil bilan taqqoslaganda, umumiy mukofot jamg’arma 80 foizga oshdi.
Avvalroq WTA tennischilarga to’lanadigan mukofot puli 1,8 million dollar bo’lishini elon qilgandi. Rasmiy malumotda esa ushbu summa 2,1 million dollarga etkazildi.