Avstraliya Ochiq chempionatining so’ngi chorak final uchrashuvida jahonning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedev va ATR reytingida 9-o’rinni egallab turgan kanadalik Felik Oje bahs olib bordi. 4 soatu 42 daqiqa davom etgan murosasiz uchrashuvda Daniil Medvedev 5 set natijasiga ko’ra kanadalik yosh iqtidor egasini 6/7(4), 3/6, 7/6(2), 7/5, 6/4 hisobida mag’lub etib, yarim finalga yo’l oldi.
Medvedevning Australian Open turniri yarim finaldagi raqibi greciyalik Stefanos Cicipas bo’ladi.