Tennis

Devis Kubogi. Norvegiya – O’zbekiston uchrashuvida beshinchi bahsga hojat qolmadi

14

Kecha ushbu juftlik doirasida ikkita uchrashuv bo’lib o’tdi. Avvaliga Denis Istomin / Sanjar Fayziev juftligi Kasper Rud / Viktor Durasovich tandemini 7/6, 6/4 hisoblarida mag’lub etib, hisobni qisqartirgan edi – 2:1. 

Afsuski, to’rtinchi hal qiluvchi bahsda tajriba o’z so’zini aytdi. ATP reytingida 567-pog’onadan joy olgan tennischimiz Sanjar Fayziev dunyoning 10-raketkasi bo’lib turgan Kasper Ruudga 3/6, 1/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Bu bilan terma jamoalar o’rtasidagi so’nggi uchrashuv – Humoyun Sultonov va Viktor Durasovich bahsining o’tkazilishiga hojat qolmadi.

Fikr bildirish