Futbol

Litvada futzal bo’yicha to’qqizinchi Jahon chempionati davom etmoqda.

9



Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati davom etmoqda.

JCH-2021. O’zbekiston nimchorak finalda kim bilan o’ynaydi?!

Teglar : 
Argentinafutzal bo’yicha Jahon chempionatiFutzal bo’yicha JCH-2021EronLitvaO’zbekiston futzal terma jamoasiFutzal
Litvada futzal bo’yicha to’qqizinchi Jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun O’zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi so’nggi o’yinini o’tkazdi. Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi vakillarimiz Misrni 2:1 hisobida taslim etishdi. SHu tariqa, O’zbekiston futzal terma jamoasi mundialdagi dastlabki g’alabasi evaziga guruhdan ikkinchi o’rin bilan 1/8 finalga yo’l oldi.

O’zbekiston Misrni mag’lub etib, tarixda ilk bor pley -offga yo’l oldi

Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati davom etmoqda.

Ko’pchilikni vakillarimiz pley-offda qaysi jamoaga qarshi bahs olib borishi qiziqtirmoqda. Demak, biz joy olgan "B" guruhining ikkinchi jamoasi "F" guruhida ikkinchi bo’lgan termaga qarshi bellashadi. "F" kvartetida 2-turdan so’ng Eron terma jamoasi ikkinchi bo’lib turibdi. Guruh peshqadami Argentinada ham forslar kabi 6 ochko mavjud. To’plar nisbatiga ko’ra amaldagi Jahon chempionlari peshqadam bo’lib turishibdi.

Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati davom etmoqda.
			3-turda bu ikki jamoa bir-biriga qarshi bahs olib boradi. 20 sentyabr Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladigan uchrashuv O’zbekistonning nimchorak finaldagi raqibini aniqlab beradi. Har qanday holatda ham bizga aynan Eron va Argentinadan biri raqib bo’ladi.

Nimchorak finaldagi o’yinimiz 24 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi. O’yin "Vilnyus Arena"da o’tkaziladi. Yani, futzalchilarimiz guruh o’yinlarini o’tkazgan arenada kamida yana bitta uchrashuv o’tkazishadi.

Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati davom etmoqda.

Bahodir Ahmedov: "Yigitlar o’zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko’rsatishdi"

Fikr bildirish