Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi Madrid turnirida 1/4 finalga chiqdi

42

Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Eshli Barti WTA-1000 toifasiga kiruvchi turnirning uchinchi davrasida g’alabaga erishdi. Avstraliyalik tennischi reytingning 17-pog’onasidan joy olib turgan polshalik Iga Svyontekdan ustun keldi – 7/5, 6/4. 

102 daqiqa davom etgan uchrashuvda 25 yoshli Barti 6 ta, 19 yoshli Svyontek esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Barti 1/4 finalda chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadi. 

Fikr bildirish