Sovrin jamg’armasi 585 ming evroni tashkil etuvchi Porsche Tennis Grand Prix turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi Eshli Barti WTA reytingida 7-pog’onadan joy olgan belaruslik Arinu Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi.
Yashil qita vakilasi 1 soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda 3/6, 6/0, 6/3 hisoblarida zafar quchdi. Eshli 5 ta, Arina esa 3 ta eys zarbasini ijro etgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida Barti hisobda oldinga chiqib oldi – 4:3.
SHtutgartdagi muvaffaqiyatli ishtirok Eshliga 55,300 evro mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi 11-sovrini bo’ldi. Sobolenko esa 41,141 evro hamda 305 ochkoga ega bo’ldi.