Tennis

Elina Svitolina CHikagodagi yurishini boshladi

57

Sayyoramizning oltinchi raqamli tennis malikasi Elina Svitolina musobaqadagi ishtirokini g’alaba bilan boshlab oldi. Ukrainalik tennischi Chicago Fall Tennis Classic turnirining ikkinchi davrasida reytingning 82-pog’onasidan joy olgan amerikalik Amanda Anisimovani mag’lub etdi – 6/4, 6/3.

Sakson daqiqa davom etgan bahsda Elina 2 ta eys, 5 ta breykni amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob Svitolina foydasiga bo’lib turidi – 3:1. Endi Elina uchinchi davrada ruminiyalik Elena-Gabriela Ruzega qarshi kortga chiqadi. U o’z o’rnida boshqa bir ukrainalik tennischi Katerina Kozlovadan 7/5, 6/2 hisoblarida ustun keldi.

Fikr bildirish