Futbol

Emerson: «Messiga yutqazmaslikning birgina yo‘li bor…»

32

«Barselona»ning xarid qilingan yangi himoyachisi Emerson Royal Lionel Messi bilan birga o‘ynash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Messiga qarshilik ko‘rsatishning iloji yo‘q, albatta u agar u yaxshi formada bo‘lsa. Leo dunyoning eng zo‘ri. Agar siz bir daqiqaga chalg‘ib qolsangiz bas, u muammo tug‘dira boshlaydi. Men doim u bilan o‘yinlarda yutqazganman.

Unga yutqazmaslikning birgina yo‘li bor, uning uchun sen Leo bilan bir jamoada to‘p tepishingga to‘g‘ri keladi. 

Amerika Kubogi finalidagi Braziliyaning mag‘lubiyatidan xafa bo‘ldim, lekin Messi bu sovrinni qo‘lga kiritganidan xursandman, u bunga ko‘proq haqliroq edi», – deydi Emerson AS nashriga bergan intervyusida.

Fikr bildirish