Futbol

Tokio-2020. Boks. Bahodir Jalolovning raqibi ma’lum

9

Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolovning finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi yarim finalda amerikalik Rijard Torres va qozog‘istonlik Qamishbek Kunkabayev o‘rtasidagi jangda, kutilgan natija ro‘y bermadi. Sababi, ushbu qarama-qarshilikda Kamishbekning ustunligini ko‘rsatishgandi. Biroq amalda aksi bo‘lib chiqdi. Birinchi raundda 4:1, ikkinchi raundda esa 5:0 hisobida g‘alaba qozongan Rijard, muddatidan avval final yo‘llanmasiga ega chiqqandi. Qozoq bokschisi g‘alaba qozonishi uchun 3 raundda faqat nokauntga uchratishi kerak edi. Ammo, unday bo‘lib chiqmadi va Kamishbekning o‘zi nokdaun evaziga 3 raundda ham mag‘lub bo‘ldi. 

Fikr bildirish