Futbol

Gari Nevill «Manchester Yunayted» uchun eng zo‘r murabbiy kim bo‘lishi aytdi

28

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Gari Nevill fikricha, Maurisio Pochettino «Old Trafford» klubini boshqarishi kerak. Argentinalik murabbiy hozirda «PSJ»ni boshqaradi.

«Pochettino uzoq vaqtdan beri «Manchester Yunayted»ga nomzod bo‘lib kelgan va men uni «Yunayted» uchun mukammal murabbiy deb hisoblayman. Uning jamoalarining o‘yin uslubi «Manchester Yunayted»ga mos keladi, bundan tashqari, Pochettino va «Manchester Yunayted» bir xil qadriyatlarga ega«, – deya Nevill so‘zlarini keltiradi Yahoo Sports.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlari »Manchester Yunayted” bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi.

Fikr bildirish