Boks/MMA

Gruziyalik UFC jangchisi Giga CHikadze ligada kimni eng yaxshi bokschi deb bilishini aytdi.

179

“O’ylashimcha, Pyotr Yan – juda yaxshi bokschi, Ilya Topuri haqida ham shunday deyishim mumkin. Israel Adesanya – zo’r zarbaga ega. Men boks haqida aniq gapira olmayman, lekin u “Glory”da nima qildi… Aleks Pereyra ham. Juda ko’p yigitlar bor. Maks Xollouey eng yaxshi bokschi bo’lishi mumkin, ammo unda nokautlar yo’q. U olg’a ildamlaydi, tempi yuqori, bundan tashqari, texnikasi zo’r. Lekin, agar unda yaxshi zarba bo’lmasa, qanday qilib eng yaxshi bokschi bo’lishi mumkin?”, – dedi CHikadze.

CHikadze so’nggi marta braziliyalik Edson Barbozaga qarshi jang qilgan va g’alaba qozongan. CHikadze uchun bu faoliyatidagi 14-g’alaba bo’ldi va u UFC reytingida 7-pog’onadan joy oldi.

Fikr bildirish