Futbol

“Real” “Barselona” futbolchisiga “ko‘z tikkan”

11

“CatRadio” nashri xabariga ko‘ra, Ronald Arauxo “Real Madrid”ning transfer maqsadiga aylangan. Nashrning ta’kidlashicha, Florentino Peres urugvaylik futbolchini 2023 yilda shartnomasi yakuniga yetganidan keyin, tekinga qo‘lga kiritishni mo‘ljallamoqda.

Qayd etilishicha, “Real Madrid” markaziy himoyachini “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolashdan oldin, o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Oldinroq “Barsa” Arauxo bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani xabar qilingandi, ammo buning uchun klub uning moliyaviy talablariga javob berishi kerak.

22 yoshli futbolchi klub safida 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, asosiy jamoa futbolchisiga aylangan.

Fikr bildirish