Futbol

Gvardiola ochko yo‘qotilganiga sabab keltirdi

10

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida «Sautgempton»ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:0) fikr bildirdi.

«Bizda himoyadan chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Natijada hamma narsa biz o‘ylaganchalik tus olmadi.

Biz odatdagidan ko‘proq to‘p yo‘qotdik. Qolaversa, hujumkor futbolchilar bilan yetarlicha aloqa bo‘lmadi.

Ha, bizda imkoniyatlar bor edi, lekin durang – adolatli natija. G‘alaba qozonishga harakat qildik, ammo natijasi bo‘lmadi.

VAR qarorlariga kelsak, men birorta ham shubhali vaziyatni ko‘rmadim. Agar VARni ko‘rgandan keyin penalti bo‘lmasa, demakki, penalti yo‘q edi», – deydi Gvardiola.

Fikr bildirish