Boks/MMA

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, meksikalik Brendon Moreno kamarga davogar Deyvison Figeredoga qarshi uchinchi jangini o’tkazadi.

18

Trilogiya 11 dekabr kuni UFC 269 turniri doirasida bo’lib o’tadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o’tamiz, jangchilar o’rtasidagi birinchi jang 2020 yil 12 dekabrda Las-Vegasdagi UFC 256 turnirida bo’lib o’tgandi. O’sha bahsda tomonlarning hech biri sezilarli ustunlikka ega bo’lmagan. Besh raund natijalariga ko’ra, hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etilgan edi. 

2021 yil iyun oyida bo’lib o’tgan UFC 263 musobaqasida esa Moreno Figeredoni uchinchi raundda mag’lubiyatga uchratgandi. Moreno aralash yakkakurashlarda 19 g’alaba, 5 mag’lubiyat va 2 durangga ega. Figeredo hisobida 20 g’alaba, 2 mag’lubiyat va bir durang bor.

Fikr bildirish