Tennis

Indian-Uells. Navbatdagi to’siqdan o’tildi. Nadal chorak finalda!

397

Sayyoramizning 4-raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal Indian-Uellsdagi “Masters” turnirining to’rtinchi davrasida ATR reytingida 17-o’rinni egallab turgan amerikalik Reyli Opelkani 7/6, 7/6 hisobida mag’lub etdi.

2 soatu 11 daqiqa davom etgan uchrashuvda 35 yoshli Nadal oltita eysni amalga oshirdi, uch marta qo’sh xatoga yo’l qo’ydi va bitta breyk-poynt qayd etdi, 24 yoshli Opelka esa to’qqiz marta eys amalga oshirib, besh bor to’pni o’yinga kiritishda xatoga yo’l qo’ydi va bitta breyk qayd etdi. Sportchilarning o’zaro uchrashuvlarida hisob ispaniyalik tennischi foydasiga 2:0 ko’rinishiga keldi. 

Nadal BNP Paribas Open turnirining chorak finalida avstraliyalik Nik Kirgiosga qarshi bahs olib boradi.

Indian-Uells. Navbatdagi to'siqdan o'tildi. Nadal chorak finalda! Indian-Uells. Navbatdagi to'siqdan o'tildi. Nadal chorak finalda! Indian-Uells. Navbatdagi to'siqdan o'tildi. Nadal chorak finalda! Indian-Uells. Navbatdagi to'siqdan o'tildi. Nadal chorak finalda!

Fikr bildirish