Tennis

Istomin Moselle Open turnirida kortga chiqdi

45

Sovrin jamg’armasi 481 270 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirning saralash bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi kecha saralashning 1 soatu 21 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida germaniyalik Filipp Kolshrayberga 5/7, 3/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo’ydi. Istomin dunyo reytingida 226, Kolshrayber esa 109-o’rinni band etgan. 

Eslatib o’tamiz, ikki kun avval Denis Istomin boshchiligidagi O’zbekiston terma jamoasi Oslo shahrida norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining jahon guruhi doirasida Norvegiyaga 1:3 hisobida yutqazgandi. Yakkalikning ikki bahsida g’alabaga erishgan Kasper Ruud ayni paytda dunyoning 10-raketkasi bo’lib turibdi.         

Fikr bildirish