Tennis

Istomin va Sultonov bugun nega kortga chiqmadi? Do’stov savolni ochiqladi

188

Dastlabki kungi qarama-qarshilikdan so’ng terma jamoalar o’rtasidagi hisob hozircha – 1:1. 

Bugun ko’pchilik kortda Denis Istomin va Humoyun Sultonovni ko’rishni xohlagandi. Ammo, ular bugungi o’yinlarda ishtirok etishmadi. Buning sababini bilish maqsadida olamsport.com sayti muxbiri terma jamoa sardori Farrux Do’stov bilan suhbatlashdi va bu holatga oydinlik kiritdi. 

– Bugun nima sababdan Denis Istomin va Humoyun Sultonov tarkibga kiritilmadi? 

– Ularning har ikkisida ham jarohat bor. SHu sababli bugungi o’yinda ular ishtirok eta olishmadi. Istomin mashg’ulot o’tkazayotganda o’ng oyog’idan jarohat oldi. Humoyun esa tizzasidan jarohat olgandi. Bugungi o’yin uchun ularni tayyorlashga harakat qildik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. 

– Ertaga tarkibda o’zgarish bo’lishi mumkinmi? 

 – Ko’ramiz. Terma jamoadagilar bilan maslahatlashamiz va vaziyatdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilamiz. Balki Humoyun Sultonov ertaga o’ynab qolishi ham mumkin. Agar tarkibda o’zgarish bo’lsa, Istominga qaraganda Humoyunning kortga chiqish ehtimoli yuqoriroq. 

– Sanjar Fayziev ikki bor medical time’ga murojaat qildi. Unda jarohat yo’qmi? 

– Hammasi joyida. Qo’lida ozgina og’riq sezgani sababli u medical time’ga murojaat qildi. Bu ertangi o’yinga hech qanday tasir o’tkazmaydi. SHifokorlarimiz u bilan ishlashadi. 

Xurshida Abdikulova suhbatlashdi

Istomin va Sultonov bugun nega kortga chiqmadi? Do'stov savolni ochiqladi

Istomin va Sultonov bugun nega kortga chiqmadi? Do'stov savolni ochiqladi

Fikr bildirish