Federer kecha o’zining qutlug’ 40 yoshini qarshi olgan edi.
“Salom, Rojer. Qirq yoshing bilan tabriklashdan o’zimni behad xursand xis etyapman. Mana bu yosh, shunchaki “vau”. Sen hozir ham barchaga kortda qanday harakat qilish bo’yicha o’rnak bo’lyapsan. Motivaciya uchun rahmat.
Biz sen bilan 15 yildan beri birga tennis o’ynab kelyapmiz. Bu men uchun katta sharaf. O’ylaymanki, sen faoliyatingni hali davom ettirasan. Sen sportga keraksan. Dunyo tennisi uchun ko’p narsa berding va buning barchasi uchun tashakkur. Senga sog’lik, oilaviy baxt tilayman. Hammasi uchun rahmat”, – deydi Jokovich.