Tennis

Jon Isner Atlantada tengsiz bo’ldi

36

Amerikalik tennischi 1 soatu 57 daqiqa davom etgan final bahsida reytingning 89-pog’onasidan joy olgan vatandoshi Brendon Nakashimani qiyinchilik bilan mag’lubiyatga uchratdi – 7/6(8), 7/5.

Jon uchrashuv davomida 21 ta, Brendon esa 12 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Izner tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida ham hisobda oldinga chiqib oldi – 2:1. 

Bu Jon uchun mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi 16-sovrin bo’ldi. Atlantadagi muvaffaqiyatli ishtirok Iznerga $54,535 mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.

Fikr bildirish