Xokkey

Kutilmagan natija. AQSH xokkeychilari uchun Olimpiada yakunlandi

80

G’oliblik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblangan AQSH terma jamoasi chorak finalda Slovakiyaga o’yindan keyingi bullitlar seriyasida imkoniyatni boy berib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.  

Ushbu 1/4 finaldan o’rin olgan ilk uchrashuv “Milliy” stadionda o’tkazilib, slovakiyaliklar bahs yakuniga 34 soniya qolgan bir paytda hisobni tenglashtirishdi. Qo’shimcha 5 daqiqalikda hisob o’zgarmadi. Bullitlar seriyasida esa omad evropaliklarga kulib boqdi. “Tatra ricarlari”ga g’alabani Peter Ceglarik keltirdi.

SHu tariqa, Slovakiya terma jamoasi Olimpiadaning ilk yarim finalchisiga aylandi. Ayni daqiqalarda Rossiya – Daniya uchrashuvi bo’lib o’tmoqda. SHuningdek, 1/4 finalda Finlyandiya – SHveycariya, SHveciya – Kanada juftliklari ham o’zaro to’qnash kelishadi. Yarim finallar 18 fevral kuniga belgilangan. 

Fikr bildirish