Tennis

Kutilmagan xabar: Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi faoliyatini yakunlayapti

182

“Tennis men uchun hamma narsa berdi va bu uchun minnatdorman. Orzularimning bariga erishdim. Endi yangi orzular ro’yobi sari yurishda davom etaman”, – deya Bartining so’zlarini keltirmoqda WTA matbuot xizmati.

Eslatib o’tamiz, Eshli ikkinchi bor katta tennisdan ketmoqda. U 2014 yilda ham faoliyatini yakunlagan, ammo oradan ikki yil o’tib yana katta tennisga qaytgan edi. 

Avstraliyalik tennischi 15 ta WTA turnirlarida bosh sovrinni qo’lga kiritgan. “Katta Dubulg’a” turnirlarida uch marotaba chempionlikka erishgan. WTA reytingida 119 hafta peshqadamlik qilgan. Bu tennis tarixidagi eng yaxshi ettinchi natija hisoblanadi.

Fikr bildirish