CHexiyalik tennischi WTA reytingining 84-pog’onasidan joy olib turgan franciyalik Fiona Ferroni ikki setda ham bir hisobda mag’lub etdi – 6/4, 6/4. Bir soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda 31 yoshli Kvitova 8, 24 yashar Ferro esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi.
Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi Kvitova National Bank Open turnirining uchinchi davrasida argentinalik Nadya Podoroshka yoki italiyalik maftunkor tennis malikasi Kamila Jorjiga qarshi kortga chiqadi.