Tennis

Lacoste brendi Jokovich bilan hamkorlikni to’xtatmoqchi

195

Gap shundaki, Lacoste brendi serbiyalik tennis yulduzi bilan hamkorlikni to’xtatish haqida o’ylamoqda. Tennischi ushbu kompaniya bilan 2017 yildan beri hamkorlik qilib keladi. Amaldagi kelishuv 2025 yilgacha imzolangan. 

Kelishuvning barbod bo’lishiga Novakning koronavirusga qarshi vakcinaciya olmayotgani sabab sifatida ko’rsatilyapti. Novakni vakcina olmagani uchun Australian Open turniridan chetlatishgan edi. Endi esa xuddi shu sabab bilan Indian-Uells va Mayami “Masters” turnirlarida ishtirok eta olmaydi. 

Bir muddat avval Lacoste amerikalik Vinus Uilyams bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan edi.

Fikr bildirish