Dunyoning 16-raketkasi bo’lib turgan amerikalik 18 yoshli Kori Goff reytingda o’zidan 5 pog’ona quyida borayotgan ruminiyalik Simona Xalepga 4/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Kori 3 ta, Simona esa 1 ta eys zarbasini ijro etgan. Bu tennischilarning o’zaro uchinchi uchrashuvi edi – 3:0. Xalep endi yarim final chiptasi uchun tunislik Ons Jaberga qarshi kortga chiqadi.